AsosiyJamiyat

Namanganlik haydovchining xatosi sabab ikkinchi haydovchi va qizi jarohat oldi

'Namanganlik haydovchining xatosi sabab ikkinchi haydovchi va qizi jarohat oldi'ning rasmi

18 yanvar kuni soat 00:15 larda Namangan shahar "Porloq" mahallasi hududida "Neksiya" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, Namangan shahar Davlatobod tumani hududidagi "Tennis o`yingohi" qarshisida joylashgan chorrahadagi svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatni davom ettirib, qarama-qarshi yo`nalishida harakatlanib kelayotgan "Neksiya-2" rusumli avtomashinasi bilan to`qnashgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Natijada, "Neksiya-2" haydovchisi o`ng oyoq katta boldir suyagining yopiq sinishi va avtomashina salonida bo`lgan haydovchining 13 yoshli qizi o`ng ko`z qovoq sohasi shilinma jarohati bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar