1

Moskvada chaqalog`ini axlat quvuriga tashlab yuborgan ayol qo`lga olindi

Dunyo 07.02.2016, 17:56
Moskvada chaqalog`ini axlat quvuriga tashlab yuborgan ayol qo`lga olindi

Rossiyaning Moskva shahrida yashovchi ayol bir kunlik chaqalog`ini axlat quvuriga tashlab yuborgan, deb xabar beradi “TASS”.

Hodisa bugun 7 fevral kuni Moskva shahridagi “Borisovskie prudi” ko`chasida joylashgan ko`p qavatli uylarning biri hovlisida yuz bergan. Erta tongda axlat quvurlarini tozalayotgan xodimlardan biri u erda yotgan chaqaloqni ko`rib qoladi va tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qiladi. Ma`lumotlarga ko`ra, hozirda chaqaloqning ahvoli qoniqarli. U shifoxonaga olib kelinganida o`ta sovqotib qolgan edi. Shifokorlar chaqaloqqa zaruriy yordam ko`rsatmoqda.

Chaqaloqning onasi topilgan va uning shaxsi aniqlangan. Hozirda unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

 

 

  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1