1

Xitoyliklar maymun yili kirib kelishini nishonlamoqda

Dunyo 08.02.2016, 09:59
Xitoyliklar maymun yili kirib kelishini nishonlamoqda

Oy taqvimi bo`yicha bugun 8 fevral kuni maymun yili kirib keladi. Xitoyliklar bugungi kunni katta bayram sifatida nishonlaydi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.

Ular bu kunni ("Chunsze") Bahor bayrami deb atashadi.

Xitoyliklar bu bayramda mushakbozlikka alohida e`tibor beradi. Mushaklar ular uchun nafaqat bayram ramzi, balki “Yovuz kuchlarni quvish” vositasi hamdir.  

Sharqona qadriyatlarga ko`ra, maymun yili turmush qurish va farzandli bo`lish uchun qulay fursat hisoblanadi.

An`anaviy taqvimga ko`ra, yil unsuri olov, maymunning o`zi esa qizil rangda bo`ladi

Avvalgi qizil maymun yili 1956 yilda kelgan edi. Keyingisi esa 60 yildan so`ng bo`ladi.

Bayramning ilk kunlarini xitoyliklar oila davrasida, yaqin qarindoshlari bilan birgalikda nishonlaydi. “Sharqona Yangi yil”ning an`anaviy taomi har bir xitoylik oilasida tayyorlanadigan chuchvara hisoblanadi.

   

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1