Sog`liqni saqlash vazirining tegishli buyrug`i bilan Akbarov Dilshod Shavkatovich vazirlik huzuridagi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma`lumot o`rnida:
32 yoshli D. Akbarov Toshkent farmasevtika institutining bakalavr va magistraturasini tamomlagach, Dori vositalari va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizasiyasi davlat markazi DUK Farmakopeya qo`mitasi etakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.
Tayinlovdan oldin esa bir necha yil davomida Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi Investisiya loyihalari monitoringini olib borish, farmasevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i sifatida faoliyat yuritgan.






