AsosiyJamiyat

Jazo muddatini o`tayotgan 25 mahkum haydovchilik guvohnomasiga ega bo`ldi

'Jazo muddatini o`tayotgan 25 mahkum haydovchilik guvohnomasiga ega bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi mas`ul xodimlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda O`zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Voyaga etmagan mahkumlarni saqlash uchun mo`ljallangan tarbiya koloniyasida jazo muddatini o`tayotgan tarbiyalanuvchilar uchun «V» toifasi bo`yicha haydovchilik kurslari tashkil etildi. Hozirga qadar voyaga etmagan mahkumlardan 25 nafari «V» toifasi bo`yicha haydovchilik kurslarida o`qitilib, haydovchilik guvohnomasiga ega bo`ldi.

O`zbekistonda bugungi kunda 43 ta jazoni ijro etish muassasasi va 11 ta tergov hibsxonasi mavjud bo`lib, ularning 18 tasi yopiq turdagi koloniya va 25 tasi manzil-koloniya hisoblanadi.

Jazoni o`tash muassasalarida jazo muddatini o`tayotgan, kasbi bo`lmagan 1 ming 118 nafar mahkum mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasb-hunarlarga o`rgatilib, tegishli sertifikatlarga ega bo`ldi.

Boshqa yangiliklar