1

Pekin havosi mushakbozlikdan so`ng zaharli moddalarga to`ldi

Dunyo 08.02.2016, 10:30
Pekin havosi mushakbozlikdan so`ng zaharli moddalarga to`ldi

Pekinda o`tkazilgan Yangi yil bayrami paytidagi mushakbozlikdan keyin havo zaharli moddalarga to`ldi.

Inson hayotiga xavf soluvchi zaharli modda shaharning har bir kub metriga 750 mikrogrammdan to`g`ri keldi. Bu Butunjahon sog`likni saqlash tashkiloti belgilagan me`yordan 30 baravar ko`pdir.

Zaharli modda nafas orqali o`pkada to`planishi, buning oqibatida katta miqdordagi zaharli moddalarni yutgan inson yurak qon-tomir kasalligi muammolariga duch kelishi mumkin.

Shu sabab Pekin hukumati qariyalarga, yosh bolalarga ko`chada uzoq vaqt yurmaslikni maslahat bermoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1