AsosiyJamiyat

Toshkentda 28 yoshli fuqaro skuterida YTHga uchrab, voqea joyida hayotdan ko`z yumdi

'Toshkentda 28 yoshli fuqaro skuterida YTHga  uchrab, voqea joyida hayotdan ko`z yumdi'ning rasmi

2021 yil 26 yanvar kuni taxminan soat 11.00 da Sergeli tumanidagi Toshkent xalqa avtomobil yo`lidagi ko`prikda 28 yoshli N.L. “Lifan” rusumli skuterni boshqarish davomida transport vositasining boshqaruvini yo`qotib, ag`darilgan. 

Toshkent shahar IIBB bergan ayni vaqtdagi ma`lumotlarga ko`ra, YTHga ikki g`ildirakli transport vositasining yog`ingarchilikdan keyingi yo`lda muvozanati yo`qolishi sabab bo`lgan.  

YTH oqibatida skuter haydovchisi voqea joyida hayotdan ko`z yumdi.

IIBB kichik to`qnashuvlar ham og`ir oqibatlarga olib kelishi sabab  skuter boshqarganda shlem, tirsak, tizza anjomlari va qo`lqoplarni taqish so`ralmoqda. 

    Boshqa yangiliklar