AsosiyJamiyat

"Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yuborgan"i rostmi? Tafsilotlar ochiqlandi

'"Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yuborgan"i rostmi? Tafsilotlar ochiqlandi'ning rasmi

Kecha, 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB surishtiruv ishlari olib bordi va quyidagilarni ma`lum qildi.

Fuqarolar tomonidan olingan video tasvirga “Shahrisabzda GAI xodimi odam urib yubordi” sarlavhasi noto`g`ri berilib, norasmiy sahifalarda asossiz tarqatilgan.

Shahrisabz tuman IIB YHXB xodimlari E.Qo`ziev va M.Doniyorovlarning qonuniy talablarini bajarmaganligi va xizmat faoliyatiga xalaqit berganligi bois, fuqarolar 1976 yilda tug`ilgan N.M., 1995 yilda tug`ilgan B.T. hamda 1993 yilda tug`ilgan B.B.larga nisbatan to`plangan hujjatlar ko`rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Shahrisabz tuman sudiga yuborildi.

Joriy yilning 28 yanvar kuni Sud tomonidan:

- fuqaro, 1976 yilda tug`ilgan N.M. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 183-moddasi, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi;

- fuqaro, 1995 yilda tug`ilgan B.T. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, 7 sutka ma`muriy qamoq jazosi;

- fuqaro, 1993 yilda tug`ilgan B.B. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deya topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida, ya`ni, 446.000 so`m jarima jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar