2021 yilning 10 yanvar kuni Kattaqo`rg`on shahar "O`rikzor" MFY da yashovchi, 2004 yilda tug`ilgan Ergasheva Pokiza Jamshid qizining uyidan chiqib ketib, bedarak yo`qolganligi to`g`risida xabar bergan edik.
Samarqand viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Ergasheva Pokiza Navoiy viloyati hududidan topilib, uyiga qaytarilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.






