Joriy yilning 25 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Surxondaryoda qoidabuzar YPX xodimi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB rasmiy munosabat bildirdi.
Video lavhada, Surxondaryo viloyati, Termiz shahrining markaziy ko`chalaridan birida, viloyat IIB YHXBga tegishli bo`lgan "Mercedes-Benz" rusumli, 75 203 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili to`xtash qoidalariga amal qilmasdan, boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergan holda yo`lning qatnov qismiga to`xtaganligi holati aks etgan.
Mazkur "Mercedes-Benz" rusumli, 75 203 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan haydovchi xodim Sh.T.ga nisbatan to`xtash qoidalarini buzganligi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 1286-modda (transport vositalari haydovchilarining to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzishi)si tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.






