AsosiyJamiyat

Xorijdagi o`zbekistonlik mehnat migrantlari soni ma`lum qilindi. Ular 1,5 milliondan ortiq

'Xorijdagi o`zbekistonlik  mehnat migrantlari soni ma`lum qilindi. Ular 1,5 milliondan ortiq'ning rasmi

O`zbekiston Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi mehnat migrantlari soni bo`yicha ma`lumotlarni e`lon qildi.

2021 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, O`zbekistonning jami 1 mln 678 ming 400 nafar mehnat migrantlari xorijda faoliyat olib bormoqda. Bu holat o`tgan yil boshiga nisbatan 782,4 ming kishiga kamayganini ko`rsatadi.

Migrantlarning 481,1 ming nafari (28,7 foiz) ayollar, 993,7 ming nafari (59,2 foiz) yoshlar.

Ayni paytda Rossiyada 1 mln 192 ming 800 nafar (71 foiz),

Qozog`istonda 209 ming 300 (12 foiz),

Janubiy Koreyada 62 ming 300 (4 foiz),

Turkiyada 43 ming 200 (3 foiz),

BAAda 5 ming 200 nafar va boshqa davlatlarda 165,6 nafar o`zbekistonlik ishlamoqda.

Ta`kidlanishicha, pandemiya tufayli 511 ming 600 kishi xorijdagi ish faoliyatini to`xtatishga majbur bo`lgan.

Mehnat migrasiyasidan qaytgan fuqarolarning 49 foizi chet davlatlarda qurilish sohasida, 10,4 foizi savdo va xizmat ko`rsatish, 11,1 foizi sanoat, 7,8 foizi agrar sohada va 20,9 foizi boshqa yo`nalishlarda ishlab kelganligi aniqlangan.

Vatanga qaytgan jami 511,6 ming mehnat migrantlaridan 478,3 ming nafarida monitoring o`tkazilgan. Ularning 337,9 ming nafarining (70,7 foiz) bandligi ta`minlangan.

    Boshqa yangiliklar