1

Ayollarni Dubayga foxishalik uchun jo`natadigan Fotima-Zuhraning kirdikorlari fosh bo`ldi

Jinoyat 30.01.2021, 12:24
Ayollarni Dubayga foxishalik uchun jo`natadigan Fotima-Zuhraning kirdikorlari fosh bo`ldi

2021 yilning 26 yanvar kuni 32 yoshli Nilufar Yu., Bektemir tumani IIO FMB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda “Fotima” va “Zuhra” ismli shaxslar, 2021 yilning 3 yanvar kunidan to 27 yanvar kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida Nilufar Yu.,ga Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridagi mehmonxonalarda fohishalik bilan moddiy mablag` orttirishni taklif qilganliklari to'g'risida xabar bergan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Nilufar Yu.,ni Dubayga borish uchun mo`ljallangan hujjatlarini tayyorlab, 27 yanvar kuni, uni “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti orqali yuborayotgan vaqtlarida huquqni muhofaza qilivchi organ xodimlari tomonidan qo`lga olingan. 

Xabar qilinishicha, holat yuzasidan Bektemir tumani 4-sonli IIB Tergov bo`linmasi tomonidan Fotima B., va Zuxra I., larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi “e” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Hozirda, egizaklarni, muqaddam ushbu turdagi jinoyatlarni sodir qilib, yurtdoshlarimizni chet elga shahvoniy niyatlarda yuborgan holatlari bor yoki yo`qligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov natijasiga ko`ra, qonuniy qaror qabul qilinish ta`minlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1