AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etildi

'Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etildi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining 30 yanvardagi farmoni bilan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etildi.

Uning o`rniga shu vaqtga qadar Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Eslatib o`tmiz, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining qarori bilan shu kungacha Toshkent shahar Olmazor tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonov Baxtiyor Sultonovich egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik. 

Boshqa yangiliklar