1

Toshkent shahrida Qozog`iston fuqarosi "Ko`knor" bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 30.01.2021, 15:10
Teglar: Ko`knor
Toshkent shahrida Qozog`iston fuqarosi "Ko`knor" bilan qo`lga tushdi

2021 yilning 26 yanvar kuni soat 10:30larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir”YPX maskanida IIO xodimlari tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga qarab harakatlanib kelayotgan 38 yoshli Damad Sh.,ning boshqaruvida bo`lgan, kulrangli «Mersedes Benz» rusumli avtoulov to`xtatilib, unda yo`lovchi sifatida kelayotgan Qozog`iston Respublikasi fuqarosi 36 yoshli Baxt B. o`zida shubha uyg`otganligi sababli, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, Baxt B.,ning egnidagi qora rangli erkaklar kurtkasining old o`ng cho`ntagidan qog`ozga o`ralgan, yashil rangli, 9 dona o`tkir hidli o`simlik boshoqlari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departament xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB EKMning xulosasiga ko`ra, BaxtB.dan olingan 9 dona o`simlik boshoqlari tarkibida “opiy” guruhiga mansub bo`lgan giyohvand alkaloidlar-morfin, kodein, tebain mavjud bulib, «KO`KNORI BOShOG`I» deb atalishi, KO`KNORI boshog`ining og`irligi, 8,34 grammga tengligi aniqlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida, ushbu giyohvand moddasi Baxt B. 2021 yilning 25 yanvar kuni taxminan soat 07:00 larda Qozog`iston Respublikasi hududidan O`zbekiston Respublikasi hududiga “G`ishtko`prik” chegara posti orqali, bojxona nazoratini chetlab olib o`tib yonida saqlab kelganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo`yicha IIO FMB Tergov bo`linmasi tomonidan Baxt B.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) hamda 246-moddasi 1-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1