AsosiyJamiyat

Iste`molchilarga qancha elektr energiyasi, gaz, ko`mir etkazildi? Energetika vazirligi bir sutkalik raqamlarni keltirdi

'Iste`molchilarga qancha elektr energiyasi, gaz, ko`mir etkazildi? Energetika vazirligi bir sutkalik raqamlarni keltirdi'ning rasmi

Energetika vazirligi 29 yanvar kuni iste`molchilarni yoqilg`i-energiya resurslari bilan ta`minlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar to`g`risida ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, kecha sutka davomida:

- 210 million 600 ming kilovatt soat elektr energiyasi (212 million 700 ming kilovatt soat ishlab chiqarildi);

- 99 million 847 ming kub metr tabiiy gaz;

- 1 ming 942 tonna suyultirilgan gaz;

- 11 ming 824 tonna ko`mir mahsulotlari hududlarga etkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari rejalashtirilgan rejimda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Eslatib o`tamiz, elektr energiyasi ta`minoti bilan bog`liq masalalar bo`yicha 1154 hamda gaz ta`minoti masalalari bo`yicha 1104 qisqa telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar