AsosiyJamiyat

Toshkentda talaba koronavirus testini soxtalashtirdi

'Toshkentda talaba koronavirus testini soxtalashtirdi'ning rasmi

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti talabaci koronavirus testini soxtalashtirgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Axborot xizmatiga tayanib, "Xalq so`zi" yozmoqda.

"Talaba COVID testini "poddelka" qilgan. Darsga kechga qolib, xususiy poliklinikadan ma`lumotnoma sifatida olib borgan. Xodimlarimiz tomonidan epidemiologik surushtiruv o`tkazilganida, ma`lumotnomani talabaning o`rtog`i soxtalashtirgani aniqlangan", degan SEOS xizmati vakili.

Epidemiologik surushtiruv davomida ushbu ma`lumotnoma soxta ekanligi aniqlangan. Ma`lumotnoma bergan klinika ham uning soxta ekanligini yozma tarzda tasdiqlagan.

    Boshqa yangiliklar