1

Afg`onistonda shifokor sifatida faoliyat yuritgan Pokiston josuslari qo`lga olindi

Dunyo 08.02.2016, 11:34
Afg`onistonda shifokor sifatida faoliyat yuritgan Pokiston josuslari qo`lga olindi

Afg`onistonning shimoliy-sharqiy provinsiyasi Badaxshon maxsus xizmati Pokiston muassasalararo razvedkasining (ISI) besh nafar josusini hibsga oldi, deb xabar beradi “Korrespondent” nashri mamlakat milliy xavfsizlik boshqarmasi ma`lumotlariga tayanib.

ISI xodimlari Baxarak va Kishm tumanlarida, polisiya ko`magida qo`lga olingan. Afg`on maxsus xizmatlari josuslar tibbiyot xodimlari sifatida faoliyat yuritganini bildirmoqda. Ularda buni tasdiqlovchi hech qanday hujjatlar bo`lmagan.

Oldinroq Badaxshon viloyatidagi yana bir tuman — Varduj fuqarolari «Tolibon» harakati qo`mondonlari bilan uchrashuvga kelgan Pokiston generallarini ko`rganini ta`kidlagandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1