2021 yilning 30 yanvar kuni O`zbekistonda Xitoyning koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksina sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar - 12105 nafarni tashkil etdi. Ulardan 5291 nafar ko`ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan va 790 nafar ko`ngilli vaksinaning 2-dozasi bilan emlandi.
Yangi koronavirus rekombinant vaksinasining 18 yoshdan yuqori bo`lgan insonlardagi xavfsizligi va COVID-19 dan himoya qilish samaradorligini aniqlash uchun o`tkazilayotgan tasodifiy, ikki-tomonlama noma`lum, plasebonazoratli III faza klinik sinoviga Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi homiylik qilmoqda. Tadqiqot butun dunyo bo`yicha bir necha markazlarda, ikki-tomonlama noma`lum, Plasebo-kontrolli usulda olib borilib, 18 yoshdan oshgan jami 29 000 ko`gilli ishtirokchilarni qamrab oladi.
Ushbu faza III klinik sinov tasodifiy, ikki-tomonlama noma`lum, plasebo nazoratli xalqaro olib boriladi. Tasodifiy deganda bu ko`ngillining vaksina yoki plasebo guruhiga tasodifiy ravishda belgilanishi tushuniladi. Ikki tomonlama noma`lum - ham tadqiqotchi, ham ko`ngilli qaysi guruhga kirganligini bilmaydi. Ushbu guruhlarga bo`linish jarayonida inson omili yoki ta`siri bo`lmaydi. Tadqiqotchi ko`ngillining qaysi guruhga bo`linganligini faqatgina favqulotda vaziyat holatida sinovga aralashmaydigan oldindan tayinlangan xodimlar orqali aniqlashi mumkin.






