AsosiyJamiyat

Baxmaldagi holat yuzasidan rasmiy munosabat berildi

'Baxmaldagi holat yuzasidan rasmiy munosabat berildi'ning rasmi

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog`ining “Maslahat.uz” kanalida Ziyo Astanaqulovning tomonida tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchilariga ustama to`lanmasligi to`g`risida xabar berilgan. 

Ushbu xabar yuzasidan tezkor xizmat tekshiruvi o`tkazildi va haqiqatdan ham maktab direktori va uning ustama berish bo`yicha masʼul xodimi xodimlarga ustama berishda sustkashlikka yo`l qo`yganligi oqibatida o`qituvchilarning noroziligi yuzaga kelgan. 

Holat yuzasidan Baxmal tumani 6-maktab rahbariyatiga Mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy chora berildi va o`qituvchilarga ustamalar to`lash choralari ko`rildi. 

Maktab rahbariyatiga bundan buyon bu kabi holatlar oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Boshqa yangiliklar