AsosiyDunyo

OAV: Bayden AQShning yangi tashqi siyosat konsepsiyasini e`lon qiladi

'OAV: Bayden AQShning yangi tashqi siyosat konsepsiyasini e`lon qiladi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden dushanba kuni davlatning tashqi siyosatiga oid qarashlari haqida nutq so`zlamoqchi. Bu haqda NBC ga tayanib Tass xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, davlat rahbari o`z rejalarini ilgari aytilgan Davlat departamentiga tashrifi chog`ida e`lon qiladi. Bayden u erda davlat kotibi Entoni Blinken bilan ham uchrashmoqchi.

NBC telekanaliga ko`ra, prezident tashqi siyosat bo`yicha qator farmonlarni ham imzolashni rejalashtirmoqda. Xususan, gap Donald Tramp prezidentligi davrida ajralib chiqqan migrantlarni oilasini birlashtirish bo`yicha ishchi guruh tuzishni nazarda tutuvchi hujjat haqida ketmoqda.

Boshqa yangiliklar