AsosiyJamiyat

O`zbek milliy kurashi “Osiyo bolalari” o`yinlari dasturiga rasman kiritildi

'O`zbek milliy kurashi “Osiyo bolalari” o`yinlari dasturiga rasman kiritildi'ning rasmi

“Osiyo bolalari” Xalqaro o`yinlari boshqaruvi yig`ilishida kurashni mazkur o`yinlarning sport dasturiga kiritish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, “Osiyo bolalari” xalqaro sport o`yinlari Xalqaro Olimpiya qo`mitasi shafeligi ostida 1996 yildan buyon to`rt yilda bir marta o`tkazib kelinadi. Pandemiya sababli bolalar o`yinlari 2020 yil Mo`g`ilistonda o`tkazilmagan va boshqa sanaga ko`chirilgan. 2019 yilda Rossiyaning Yujno-Saxalinsk shahri mezbonligida “Osiyo bolalari” birinchi xalqaro qishki sport o`yinlari ham o`tkazilgan edi. Ushbu musobaqada o`zbekistonlik yosh atletlar tog` chang`isi, figurali uchish hamda snoubord sport turlari bo`yicha 8 nafar hamyurtimiz ishtirok etgan.

 O`zbekiston 2028 yil bo`lib o`tadigan “Osiyo bolalari” o`yinlarini qabul qilishga da`vogar mamlakatlar ro`yxatiga kiritilgan.

Eslatib o`tamiz 2024 yilgi musobaqaga Rossiyaning Yakutsk shahri mezbonlik qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar