AsosiyJamiyat

2020 yilda 136 nafar mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesgani uchun jarimaga tortilgan

'2020 yilda 136 nafar mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesgani uchun jarimaga tortilgan'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi axborot xizmati rahbari Bunyod Abdullaev ma`lum qildi.  

2020 yil davomida o`tkazilgan davlat ekologik nazorati natijalariga ko`ra daraxt va butalarni noqonuniy kesilishi bilan bog`liq jami 3 960 ta huquqbuzarlik aniqlangan.  

 Noqonuniy daraxtkesarlarning 136 nafari mansabdor shaxslar.

Huquqbuzarlarga jami 4,578 mln.so`m jarima solingan, o`simlik dunyosiga etkazilgan zarar miqdori esa – 15,305 mln.so`m.

Aniqlanishicha, jami 2 724 m3 buta, 7 812 dona daraxt shundan, 3 428 dona qimmatli va 4 384 dona kamyob va qimmatbaho daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan.

18 ta holat bo`yicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Huquqbuzarlardan 127 ta qurol-aslahalar ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan.

 

    Boshqa yangiliklar