AsosiyJamiyat

"EOIIning «Umumiy mehnat bozori»da ayrim muammoli masalalar ham mavjud" - O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi

'"EOIIning «Umumiy mehnat bozori»da ayrim muammoli masalalar ham mavjud" -  O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati EOII tashkiloti faoliyati tahliliga bag`ishlangan turkum maqollar e`lon qilib kelmoqda.  

Ushbu maqolada EOIIga a`zo davlatlarda mehnat migrantlarining erkin harakati ta`minlangani va qator qulayliklar yaratilgani bilan bir qatorda, ayrim kamchilik va muammolar ham mavjudligi haqida so`z yuritiladi.

" - Mazkur muammoli masalalar nafaqat migrantlarni jo`natuvchi davlatlar (Armaniston, Qirg`iziston), balki qabul qiluvchi davlatlar (Rossiya)ning etakchi ekspertlari, huquqshunoslari tomonidan ham oxirgi vaqtlarda ko`p bora ta`kidlanmoqda. 

Jumladan:

Birinchisi, EOIIning a`zo davlatlari hisoblangan Armaniston va Qirg`iziston mehnat migrantlarining katta qismi yaratilgan imkoniyatlarga qaramasdan, baribir ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzmayotganligi kuzatilmoqda.

Bunga sabab, birinchidan, migrantlarning amaldagi qonun me`yorlari to`g`risida xabardor emasligi, ikkinchidan, ish beruvchilar tomonidan migrantlarni mehnat shartnomasiz ishlashga majburlashi, uchinchidan esa Rossiya va Qozog`istonda o`z vatandoshlarining noqonuniy ishlashini foydali biznesga aylantirgan xufyona vositachilarning faoliyati natijasi hisoblanadi.

Ikkinchisi, EOIIda migrantlarni qabul qiluvchi asosiy davlatlarda (Rossiya, Qozog`istonda) fuqarolar va migrantlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarining tengligi prinsipi to`liq amalga oshirilmayotgani kuzatilmoqda.

Buning asosiy sababi esa mazkur davlatlarning milliy qonunchiligi hujjatlari Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi to`g`risidagi Shartnoma qoidalariga muvofiq holda to`liq ishlab chiqilmaganidir.

Uchinchisi, mehnat migrantlariga katta talab bo`layotgan davlatlar, ya`ni migrantlarni qabul qiluvchi davlatlarda mehnat migrasiyasini qo`llab quvvatlovchi infrastruktura, ya`ni migrantlar va ish beruvchilar uchun maxsus ixtisoslashtirilgan axborot, maslahat va ta`lim xizmatlari etarli darajada rivojlantirilmagan.

Vaholanki, EOIIdagi «Umumiy mehnat bozori» migrant jo`natuvchi davlatlar hukumatlari tomonidan ishlash uchun ketayotgan fuqarolariga qulaylik va etarli sharoitlar yaratib berish va migrantlarni kasbiy va til tayyorgarligi bo`yicha moslashtiruv ishlarini olib borishi kabi vazifalarni amalga oshirishi lozim bo`layotgani kabi migrantlarga katta talab bo`layotgan, ya`ni qabul qiluvchi davlatlarda ham xuddi shunday vazifalarni amalga oshirilishi lozim bo`lishi kerak edi.

Xulosa...

Yuqoridagi keltirilgan mulohaza va sharhlar faqat mazkur iqtisodiy ittifoqda tashkil etilgan «Umumiy mehnat bozori» holatini tahlil qilish nuqtai nazaridan edi, xolos.

Zero, O`zbekistonning kuzatuvchi maqomi «Evroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomi to`g`risida»gi nizomga muvofiq, ittifoq doirasida qabul qilinayotgan hujjatlarni amalda tatbiq etilishini yanada chuqurroq o`rganish, a`zo davlatlarning o`zaro hamkorlik mexanizmlari, qaror qabul qilish jarayoni, mavjud me`yoriy-huquqiy baza va uni qo`llash amaliyoti kabi muhim jarayonlar bilan tanishish imkoniyatini yaratadi", - deyladi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Axborot xizmati  tahlilida.

    Boshqa yangiliklar