AsosiyJamiyat

Erta nikoh, erta tug`ruq va nizolar — O`zbekistonda oilalardagi notinchlikka nima sabab bo`layotgani ma`lum qilindi

'Erta nikoh, erta tug`ruq va nizolar — O`zbekistonda oilalardagi notinchlikka nima sabab bo`layotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzaeva sohaga oid savollarga javob berdi:

Ajrimlarning oldini olishda vazirlikning ishtiroki qay darajada?

" - Soha mas`ullari va joylardagi jamoatchilik vakillari bilan olib borilgan tahlillar shuni ko`rsatdiki, 2020 yilda mamlakatimiz bo`yicha  19 948 ta nizoli, 13 ta erta nikoh qayd etilgan, 144 ta erta tug`ruq holatlari kuzatilgan oilalar aniqlangan hamda buning natijasida mazkur oilalarda turli ijtimoiy muammo va notinchliklar kelib chiqqan.

Vazirlik tashabbusi bilan tashkil etilgan maxsus Ishchi guruh a`zolari tomonidan olib borilgan tizimli ishlar natijasida umumiy hisobda 153 60 ta oiladagi turli notinchlik holatlariga barham berildi.

Ajrimlar o`tgan yilda har yilgidan ko`ra kam qayd etildi. Jumladan, birgina ajralish yoqasiga kelib qolgan 20 952 ta oila yarashtirildi, 12 ming 851 ta oilaning nikohi qonuniylashtirildi. Eng muhimi, oilaviy ajrimlar soni 2019 yildagi 31 389 tadan 28 232 taga yoki 3 157 taga kamayishiga erishildi", -  Saodat Boymirzaeva.

 

    Boshqa yangiliklar