AsosiyJamiyat

Buxoroda ekologiya xodimlari qonunbuzarlar tomonidan kaltaklandi

'Buxoroda ekologiya xodimlari qonunbuzarlar tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Jondor tumanida Ekologiya xodimlari qonunbuzarlar tomonidan kaltaklanganligi aytilgan post tarqaldi. Suratlarda kaltaklangan fuqaro va og`ir jism bilan urib shikast etkazilgan mashinani ko`rish mumkin.

 Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ma`lum qilishicha,  boshqarma davlat inspektorlari A.Hasanov, M.Nurallaev, D.Barnoev, Sh.Salomov, Z.Bozorov va boshqarma haydovchisi M.Sayidovlar tomonidan 2021 yil 28 yanvar kuni Jondor tumanida xizmat vazifasini olib borayotgan vaqtda ularga Jondor davlat o`rmon xo`jaligi xodimlari va boshqa bir guruh noma`lum shaxslar tomonidan tan jarohati etkazilgan.

Ayni damda tan jarohatini olgan davlat inspektorlarining ahvoli yaxshi va holat yuzasidan Jondor tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda hamda zarar etkazilgan avtomashinalar ekspertizadan o`tkazish bo`yicha hamda davlat inspektorlari bilan birgalikda voqea joyini ko`zdan kechirish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.  

Shu bilan birga, holat yuzasidan Buxoro viloyat Prokuraturasi va Buxoro viloyat IIBsiga zudlik bilan murojaat qilinganligi ma`lum qilinadi.

Buxoro viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi

    Boshqa yangiliklar