AsosiyJamiyat

Bir nafar sudya ishdan olindi, 6 nafari intizomiy javobgarlikka tortiladi — Sudyalar oliy kengashi

'Bir nafar sudya ishdan olindi, 6 nafari intizomiy javobgarlikka tortiladi — Sudyalar oliy kengashi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashida sudyalik lavozimining birinchi va navbatdagi muddatga, shuningdek vakolat muddatiga qayta tayinlash bo`yicha ochiq tanlov bo`lib o`tdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar qildi...

Tayinlovga oid barcha jarayonlar zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositasida ochiq-oshkora o`tdi. Unda ommaviy axborot vositalari  vakillari ishtiroki ta`minlandi.

Ochiq tanlov natijalariga ko`ra, sudyalik lavozimida bo`lishning birinchi besh yillik muddati uchun hujjat topshirgan 18 nafar nomzodning 15 nafari sudyalik lavozimiga loyiq deb topildi. Ikki nafar nomzod zaxirada qoldirilgan bo`lsa,  bir nafari nomunosib deb topildi.

Bundan tashqari 7 nafar nomzodning navbatdagi o`n yillik muddatga  tayinlash masalasini ko`rib chiqqan kengash a`zolari ularning 6 nafariga ishonch bildirdi, bir nafari zaxiraga qoldirildi.

Sudyalik vakolat muddati davriga qayta tayinlash bo`yicha 5 nafar nomzodning 4 nafari tanlovdan muvaffaqiyali o`tdi, bir nafari faoliyatini o`z joyida davom ettiradigan bo`ldi (“bir nafari faoliyatini o`z joyida davom ettirishi”ga izoh shuki, vakolat muddatiga qayta tayinlashda bitta rahbarlik lavozimi mavjud bo`lib, unga muqobil ikki nomzod – ikki sudyadan biri tanlab olingan).

Shuningdek, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 1 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. 6 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi.

Eslatib o`tamiz, sudyalarga nisbatan intizomiy jazo choralari (Sudyalar oliy kengashi roziligidan so`ng) tegishli malaka hay`atlari tomonidan qo`llaniladi.

Sud timizida amalga oshirilgan tayinlovlarga oid batafsil ma`lumotlar bilan ham tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar