AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi vafot etdi

'O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi G`ulom Shomurod 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lumot o`rnida, u 1937 yil 20 sentyabrda Jondor tumanida tug`ilgan. Shuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU)ning o`zbek filologiyasi fakultetida o`qigan (1954–1959). Dastlab tumandagi o`rta maktablarda ona tili va adabiyot fanidan dars bergan (1959–1967). So`ng tuman radioeshittirishlar tahririyati muharriri (1967–1969), O`zbekiston teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati bo`yicha radiomuxbiri (1969–2006) vazifalarida ishlagan.

Shoirning ilk she`riy kitobi “Shabnam jilvasi” (1983), deb nomlanadi. Shundan so`ng uning “Oydinda kezaman” (1985), “Chaqmoq” (1990), “Navolarim” (1992), “Ko`klam qo`shig`i”(1995), “Vatan vasfi” (1997), “Olam ichra olam” (1997), “Qalbim qatrasi” (2002), “Bobo shahrim” (2003), “Rangin ruhiyat” (2005), “Zarrin yaproqlar” (2006), “Marvarid donalar” (2008), “Sog`inch sohili” (2009), “Vatanim – keng jahonim” (2011), “Izhor” (2011), “Hurlik qasidasi” (2011), “Mehr mehvari” (2014), “Sog`inch sohili” (2016), “Diyor va yor” (2019) kitoblari dunyoga kelgan.

    Boshqa yangiliklar