Hukumat qarori (46-son, 01.02.2021 y.) bilan Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari majmualarini tashkil etish bo`yicha 2021–2022 yillarga mo`ljallangan manzilli dastur tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Manzilli dasturga ko`ra, belgilangan yillarda respublika bo`yicha jami 2 951 ta (shundan, 2021 yilda 1 881 ta, 2022 yilda 1 070 ta) majmua (loyiha)lar qurilishi nazarda tutilgan.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari majmualarida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo`linmalari joylashtiriladi.






