AsosiyJamiyat

Tanzila Norboeva TIV xodimining polshalik jurnalistga qilgan shilqimligi yuzasidan o`z munosabatini bildirdi

'Tanzila Norboeva TIV xodimining polshalik jurnalistga qilgan shilqimligi yuzasidan o`z munosabatini bildirdi'ning rasmi

Bugun polshalik jurnalist Agneshka Pikuliska tomonidan o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahiflariga joylashtirilgan O`zbekistonda ishlash uchun akkreditasiya berish muddati cho`zilganligi va Tashqi ishlar vazirligi xodimi unga shilqimlik qilganligi to`g`risidagi xabari katta muhokamalar sabab bo`ldi.

Bu voqeaga Senat raisi Tanzila Norboeva ham o`z munosabati bildirdi. 

 " - Jurnalist Agneshka Pikulichka bilan sodir bo`lgan voqea O`zbekistonda ham, boshqa mamlakatlarda ham mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo`lmagan holat. O`zbekiston inson sha`ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilishning har qanday shakliga aslo toqat qilmaslik siyosatiga amal qiladi.

Agneshka ushbu holatni aytib mardligi va befarq emasligini namoyish etdi.

Albatta, ushbu hodisa puxta o`rganilib, tahlil qilinadi, tegishli choralar ko`riladi va aybdorlar jazolanadi. Ammo, u respublikada amalga oshirilayotgan barcha ulkan islohotlarga soya solmasligi lozim. O`zbekiston demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyat barpo etish yo`lini tanladi va shu yo`ldan qat`iyat bilan qadam tashlashda davom etadi", - dedi Senat raisi.

    Boshqa yangiliklar