Qarzdor B.Abdukaxarovdan undiruvchi D.Sattarovaning foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan.
Alimentchi ota o`z vaqtida aliment pullarini to`lab kelgan bo`lsada, davlat ijrochisi M.Xalilov tomonidan qarzdor otaga nisbatan olib borgan huquqiy tushuntirishlar natijasida joriy yilning 27 yanvar kuni qarzdor tomonidan farzandi 18 yoshga to`lgunga qadar bo`lgan miqdor 185.000.000 so`m aliment pullarini bir nafar voyaga etmagan farzandi moddiy ta`minoti uchun undirib berildi.






