ATB “Agrobank” Mirzaobod filiali sobiq boshqaruvchisi va boshqalarning talon-torojliklari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Mirzaobod filiali sobiq boshqaruvchisi va boshqalar soxta hujjatlar asosida bir necha shaxslaring nomiga jami 458,5 mln so`m kredit mablag`larini rasmiylashtirib talon-toroj qilganliklari, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






