Mirzo Ulug`bek tumanida fuqarolarning pensiya va nafaqa pullarini o`zlashtirgan sayyor kassa nazoratchisining kirdikorlari fosh etildi, deya xabar qildi Bosh rprokuratura Matbuot xizmati.
Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek tuman bo`limi tomonidan AT “Xalq banki” Mirzo Ulug`bek filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning sayyor kassa hisobchi-nazoratchisi T.T., 2020 yilning sentyabr oyidan joriy yilning yanvar oyiga qadar bo`lgan davrda o`ziga ishonib topshirilgan jami 170 mln so`m pensiya va nafaqa pullarini egalariga tarqatmasdan, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






