Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida qoldirilgan xabar e`tiborimizni tortdi.
Unda Dilmurod Jamolov ismli foydalanuvchi Matiz avtomobili suratini joylashtirib, unga quyidagicha izoh qoldirgan:
“2016 yil 4 fevral kuni yangi ToshMIda shu Matiz`ning bamperini qirib ketishgan. Mashina toza bo`lmagani va qirilgan joy uncha ko`zga ko`rinmagani uchun men buni kecha yuvganimdan keyin ko`rdim. 4 fevral, payshanba kuni
Mashinamning orqasiga “XXX-88-5X Fayzulla” deb yozib ketilgan. Qirib ketgan odam mashinamning orqasiga uning changligidan foydalanib, telefon raqamini yozib ketgan. Lekin men bunga unchalik e`tibor bermadim. O`tgan ikki-uch kun ichida Fayzulla ismi va XXX-88-5X raqami esimda qoldi. Bamper qirilganini ko`rmaganligim uchun raqamga e`tibor bermadim. Kecha mashinamni yuvgandan keyin qirilgan joyni ko`rdim, lekin orqa oynadagi raqam o`chib ketgan”.
Internet foydalanuvchisi guruh a`zolaridan kimningdir Fayzulla degan tanishi bo`lsa va uning telefon raqami XXX-88-5X bo`lsa, unga murojaat qilishni so`rab, o`z telefon raqamini ko`rsatgan.
Shu o`rinda, biz ham internet foydalanuvchisiga yordam berish maqsadida “Voditeli Tashkenta”da e`lon qilingan mazkur postni chop etishga qaror qildik.





