AsosiyJamiyat

Yangiariq tumanida “Paynet” orqali to`langan gaz uchun to`lovlarni o`z hisobiga yig`ib olgan oilaviy korxona aniqlandi

'Yangiariq tumanida “Paynet” orqali to`langan gaz uchun to`lovlarni o`z hisobiga yig`ib olgan oilaviy korxona aniqlandi'ning rasmi

Aholidan tabiiy gaz ta`minoti uchun undirilgan mablag`larni qo`lga kiritgan oilaviy korxona rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.” oilaviy korxonasi rahbari S.B. “Yangiariqtumangaz” gaz ta`minoti bo`limiga qarashli binoda shartnoma asosida “Paynet” tizimi agenti sifatida aholidan xizmatlar uchun to`lovlarni qabul qilish faoliyatini yo`lga qo`yib, 2020 yilning sentyabr-dekabr oylarida hududdagi 183 ta xonadondan tabiiy gaz ta`minoti uchun qabul qilingan 46,6 mln so`mni, fuqarolarning ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan iste`molchining shaxsiy hisob-raqamlariga o`tkazmasdan firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar