Oliy Majlis Senati Kengashining 2021 yil 1 fevraldagi qarori bilan, bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi.
Jumladan, Senat a`zolarini ma`naviy va moddiy rag`batlantirish bo`yicha komissiyaning 2021 yil 26 yanvardagi tavsiyalarini ko`rib chiqib, quyidagilarga maqom berildi:
Oral Aminovna Ataniyazovaga — «Adolatli senator»;
Maxmudjon Toirovga — «Xalqparvar senator»;
Farmon Isxakovich Toshevga — «Mehnatkash senator»;
Sayyora Raxmatovna Baratovaga — «Faxriy senator»;
Baxrom Mamajanovga — «Faxriy senator»;
Shukurjon Mamatkulovga — «Faxriy senator» maqomlari berilsin.
Ushbu maqomlarga sazovor bo`lgan senat a`zolari hamda sobiq senatorlar sertifikat va belgilangan tartibda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.






