AsosiyJamiyat

Marg`ilon shahridagi to`yxonalardan biri qimorxonaga aylantirilgani ma`lum bo`ldi

'Marg`ilon shahridagi to`yxonalardan biri qimorxonaga aylantirilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

26 yanvar kuni  IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbiri davomida, fuqaro R.N. Uzumzor MFY hududida joylashgan to`yxonada ish yurituvchi lavozimida ishlab, ushbu to`yxonada tanishlari S.R va boshqalarga qimor o`ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, 36 dona qutida o`yin qartasi va 1.756.000 so`m pullar daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xaar qildi. 

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan R.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o`yinlarni tashkil etish hamda o`tkazish)da ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs etti yilgacha ozodlikdan  maxrum qilish bilan jazolanadi.


 

    Boshqa yangiliklar