AsosiyJamiyat

Marg`ilonda tug`ilgan yirik tadbirkor Alijon Ibragimov koronavirusdan vafot etdi

'Marg`ilonda tug`ilgan yirik tadbirkor Alijon Ibragimov koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Qozog`istondagi eng boy odamlardan biri, Eurasian Resources Group kompaniyasining yirik aksiyadori 66 yoshli Alijon Ibragimov vafot etdi.

Kabarlar.org ma`lumotlarga ko`ra, u Belgiya shifoxonalaridan birida davolangan. 

Alijon Rahmanovich Ibragimov 1953 yil 5 iyunda Farg`ona viloyatining Marg`ilon shahrida tug`ilgan. Qirg`izistonning Chuy viloyati, To`qmoq shahrida o`sib-ulg`aygan.

1974 yilda Moskva veterenariya akademiyasining iqtisod yo`nalishini tamomlagan.

1995 yildan 2000 yilgacha u Evroosiyo banki direktorlar kengashining raisi bo`lgan. 2001 yildan 2007 yilgacha u Qozog`iston kon-metallurgiya sanoatining flagmanlarini birlashtirgan Evroosiyo sanoat assosiasiyasi Prezidiumining a`zosi bo`lgan va 2002 yildan 2007 yilgacha "TNK Kazxrom" AJni boshqargan.

Alijon Raxmanovich, shuningdek, "Qozog`iston alyuminiy" AJ direktorlar kengashiga raislik qiladi. U biznesni rivojlantirish va xayriya tadbirlariga qo`shgan ulkan hissasi uchun III darajali "Kurmet", "Baris", "Parasat" ordenlari, hukumat mukofotlari va boshqa mamlakatlarning jamoat tashkilotlarining ordenlari bilan taqdirlandi.

U yirik tadbirkorlar Aleksandr Mashkevich va Fattoh Shodievlarning biznes hamkori edi.

Alijon Ibragimov 2019 yilda dunyoning eng boy odamlari reytingiga kiritilgan. O`shanda uning boyligi 2,3 milliard dollarni tashkil etdi.

2020 yil kuzida Qozog`istonning “Forbes” ro`yxatida beshinchi o`rinni egalladi. Uning boyligi 900 million dollarga baholandi.

    Boshqa yangiliklar