AsosiyJamiyat

Jizzaxda katta yo`l yoqasida COVID-19 testini sotayotgan shaxs ushlandi

'Jizzaxda katta yo`l yoqasida COVID-19 testini sotayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

M-39 magistral yo`li bo`yida tibbiy buyumlarni noqonuniy muomalaga kiritayotgan fuqaro ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Do`stlik tuman bo`limi tomonidan Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tadbirda, fuqaro D.R. tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tmasdan, noqonuniy daromad orttirishni ko`zlab, tibbiy buyumlarni dorixona va ularning filiallaridan tashqarisida muomalaga kiritib, hech qanday hujjatlarsiz, umumiy qiymati 171,9 mln so`mlik, 3 000 komplekt COVID-19 virusini aniqlovchi testlar, pulsoksimetr, maxsus tibbiyot kislorod maskasi va boshqa buyumlarni tuman hududidan o`tuvchi M-39 magistral yo`li bo`yida sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar