AsosiyJamiyat

Jizzaxda yo`l belgisiga amal qilmaydigan YPX xodimi jarimaga tortildi

'Jizzaxda yo`l belgisiga amal qilmaydigan YPX xodimi jarimaga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Jizzaxda yo`l belgisiga amal qilmaydigan YPX xodimi" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati munosabat bildirdi. 

Video lavhada, Jizzax viloyati, Jizzax shahrining markaziy ko`chalaridan birida, viloyat IIB YHXBga tegishli bo`lgan "Lasetti" rusumli, 25 040 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili yo`l harakati qoidalarining 1-ilovasi (Yo`l belgilari)da ko`rsatilib o`tilgan, 3-turga mansub bo`lgan (Taqiqlovchi belgilar) 3.27. «To`xtash taqiqlangan», ya`ni transport vositalarining to`xtashi va to`xtab turishi taqiqlanishini bildiruvchi yo`l belgisining ta`sir doirasida to`xtab turganligi holati aks etgan.

Mazkur "Lesetti" rusumli, 25 040 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan haydovchi xodim A.T.ga nisbatan to`xtash qoidalarini buzganligi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 1286-modda (transport vositalari haydovchilarining to`xtash yoki to`xtab turish qoidalarini buzishi)si tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi, deyiladi xabarda. 

 

    Boshqa yangiliklar