AsosiyJamiyat

Yangiyo`lda 1-sinf qizchasini olib ketmoqchi bo`lgan shaxsni sotuvchi to`xtatib qolgan. Odam o`g`risiga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Yangiyo`lda 1-sinf qizchasini olib ketmoqchi bo`lgan shaxsni sotuvchi to`xtatib qolgan. Odam o`g`risiga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 29 yanvar kuni soat taxminan 12:10 larda noma`lum shaxs Yangiyo`l shahri Samarqand ko`chasida joylashgan 10-sonli o`rta ta`lim maktabi oldidan o`tib ketayotganida mazkur maktabning 1-sinf o`quvchisi 2013 yilda tug`ilgan voyaga etmagan “S”ga “otanga olib boraman va bozordan shirinlik (shokolad) olib beraman, onang aytdi” deb uni aldash yo`li bilan olib ketmoqchi bo`lgan. 

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, noma`lum shaxs qizcha bilan Samarqand ko`chasi bo`ylab harakatlanib, ushbu ko`chaning temir yo`l vokzali oldidan o`tib kelayotganida, ularni ushbu ko`chada kabob tayyorlab sotuvchi Abdulaziz O. ko`rib qolganligi sababli noma`lum shaxs “S” va uning sumkasini tashlab, hodisa joyidan yashiringan. 

Mazkur holat yuzasidan 03.02.2021 yilda Yangiyo`l shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 137-moddasi 2-qismi “a” bandi (Odam o`g`irlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar