Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev 2021 yil – “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturini tasdiqlash to`g`risidagi Farmonni imzoladi.
Davlat dasturi jami 274 ta banddan iborat bo`lib, ikkinchi bandiga ko`ra, koronavirus pandemiyasi davomida tadbirkorlarga berilgan quyidagi imtiyozlarning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi:
a) turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohalarida 20 mingta tadbirkorlik sub`ektining er va mol-mulk solig`ini to`lash bo`yicha 2020 yil yakuniga qadar kechiktirilgan 400 milliard so`mni qaytarishi;
b) mol-mulk va er solig`i bo`yicha penyalar hisoblanishini to`xtatib turish va soliq qarzini majburiy undirish choralari ko`rilishiga cheklov(31.12.2020 yil holatiga mavjud soliq qarzga nisbatan);
(2021 yilda buning natijasida 2718tatadbirkorlik sub`ektlariga 80mlrd so`mimtiyoz berilishi kutilmoqda (2020 yilda 2802tatadbirkorlik sub`ektlari, 180mlrd so`m)
v) koronavirus pandemiyasi davrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlik sub`ektlariga 2020 yil 31 dekabr holatiga qoldiqda turgan mol-mulk solig`i va er solig`i bo`yicha
berilgan foizsiz kechiktirish (bo`lib-bo`lib to`lash) summasi;
g) soliqlarni va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida to`lab kelayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlarida soliq auditining o`tkazilishiga moratoriy.






