1

Kanada DAIShni bombardimon qilishni to`xtatadi

Dunyo 09.02.2016, 09:13
Kanada DAIShni bombardimon qilishni to`xtatadi

Kanada hukumati 22 fevraldan Suriya va Iroqdagi “Islom davlati” jangari guruhini bombardimon qilishni to`xtatadi, ammo yaqin uch yil ichida “Suriya va Iroqda xavfsizlikni ta`minlash, vaziyatni barqarorlashtirish, gumanitar yordam ko`rsatish, inqirozni engish maqsadida 1,2 milliard AQSh dollari ajratishni rejalashtirgan”, - deya xabar beradi Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo.

DAISh bizning hayotimizga va taraqqiyotimizga xavf solyapti, ammo Kanada er yuzining himoyasiz odamlariga tahdid solayotgan bir to`da qaroqchilar galasidan kuchliroq va qudratliroq mamlakatdir. Balki meni mutaassiblikda ayblarsiz, ammo biz dushman o`ylagandan ko`ra boshqacharoq yo`l tutishimiz lozim”, – deya ta`kidladi Bosh vazir.

2014 yilning oktyabr oyida Kanada hukumati xalqaro koalisiya operasiyalarida qatnashish maqsadida DAIShni bombardimon qilishga 6 ta qiruvchi samolyot, 2 ta razvedka samolyoti, bitta ta`minlovchi, Quvayt harbiy bazasida xizmatni olib borish uchun 600 ta harbiy xizmatchini yuborgan.

Bu missiyani ado etish joriy yilning mart oyigacha deb belgilangan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1