Avval xabar qilganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev 2021 yil – “Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturini tasdiqlash to`g`risidagi Farmonni imzoladi.
Davlat dasturi jami 274 ta banddan iborat bo`lib, beshinchi bandiga ko`ra, Yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj talabalarni himoya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida:
a) kirish imtihonlarida yuqori ball to`plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etiladi;
b) oliygohlarda 2 va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o`qiyotgan oilaga kreditni o`qish tugagandan so`ng qaytarish amaliyoti yo`lga qo`yiladi;
v) oliy ta`limga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bo`lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni 2 baravarga oshiriladi;
(2020 yilda ajratilgan jami 158 569 o`quv o`rinlaridan 37 164 o`rin davlat grantini tashkil etadi)
g) xususiy oliygohlarda mutaxassislarni tayyorlashga davlat grantini berish tizimi joriy etiladi;
d) akademik ta`tilda uzluksiz mustaqil (sirtqi yoki masofaviy) ta`lim olish imkoniyati yaratiladi.
(2015-2020 yillarda jami 2 631 nafar talaba turli sabablarga ko`ra akademik ta`tilga chiqqan)
Mavzuga doir:






