Namangan viloyat IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 14 yanvar kuni, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 24 yanvar kuni tanishi, Uychi tumanida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, "Lasetti" rusumli avtomashinasini 9.200 AQSh dollariga sotib olishini aytgan.
Pullarini esa 3 oy ichida berishini aytgan Ammo, avtomashinani olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini hozirgi kunga qadar bermayotganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Ushbu holat bo`yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






