1

AQShda qora tanli talaba yigitni o`ldirgan polisiyachi uning qarindoshlarini sudga berdi

Dunyo 09.02.2016, 11:22
AQShda qora tanli talaba yigitni o`ldirgan polisiyachi uning qarindoshlarini sudga berdi

Chikagoning qora tanli aholisi polisiyaga qarshi isyon ko`tardi, deb xabar beradi BBC.

Qora tanli talaba yigit Kvintonio Legrierni otib o`ldirgan chikagolik polisiyachi Robert Rialmo marhum yigitchaning oilasini sudga berib, ulardan ma`naviy zarar uchun 10 million dollar tovon to`lashni talab qildi. Rialmo 19 yoshli talaba yigitchaga qarata 6 marotaba o`q uzgan, tasodifan uning orqasida turgan qo`shnisi Betti Jonsni ham otib o`ldirgan. Rialmo o`z da`vo arizasida talaba yigit unga beysbol tayog`i bilan tashlangandan keyin unga qarata o`q uzganini aytgan. Ammo marhum yigitchaning advokati buning aksini, yigitcha polisiyachidan 6 metr uzoqlikda bo`lganini ta`kidlamoqda.

Polisiyachi Robert Rialmoning advokati Joel Brodski polisiya xodimi ham oddiy fuqaro kabi tajovuz qurboni bo`lmaslikka haqqi borligini, unga tayoq bilan tashlanish qonunga zidligini takrorlashdan charchamayapti. Halok bo`lgan talabaning otasi Antoni Legrier Chikago polisiyasini sudga berib, ularni qurolsiz odamni otib o`ldirganlikda ayblamoqda. Mahalliy prokuratura FQB ga bu noxush voqeaga oydinlik kiritishda yordam so`rab, murojaat qildi. Advokat Fil Terner o`zining uzoq yillik mehnat faoliyati davomida polisiyachining jabrlanuvchini ma`naviy zarar etkazdi, deb sudga berganini ilk marotaba ko`rayotganligini bildirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1