AsosiyMadaniyat

Ichki ishlar faoliyatiga bag`ishlangan «Ofiser 55» seriali suratga olinmoqda

'Ichki ishlar faoliyatiga bag`ishlangan «Ofiser 55» seriali suratga olinmoqda'ning rasmi

“O`zbekkino” Milliy agentligi va Toshkent shahar IIBB hamkorligida ichki ishlar faoliyatiga taalluqli «Ofiser 55» kinoseriali ishga tushirildi. Serial triller, kriminal janrda bo`lib, unda Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi o`ta muhim ishlar bo`yicha tezkor xodimi haqida hikoya qilinadi. Bu haqda "O`zbekkino" Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Film voqealarida bosh qahramonning kuchli irodasi, o`z prinsiplariga egaligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi maxsus taktikasi, shuningdek qat`iyati va jinoyat qidiruv sohasining  qanchalik mas`uliyatli xizmat ekanligi ifodalangan. Yangi kino serialda har qanday jinoyatchiga jinoyat uchun jazo muqarrar ekanligi tasvirlanadi. Bosh qahramon o`zining haqligini isbotlash uchun jinoyatchilar to`dasiga kirishga majbur bo`ladi va alaloqibat, barcha dalillar unga qarshi ishlay boshlaydi. Serial voqealari o`ta shiddatli hamda og`ir kechishi bilan tomoshabinni qiziqtirib qo`yishi, shubhasiz.  

Postanovkachi rejissyor Rustam  Meliev, postanovkachi operator Diyor Adashev, postanovkachi rassom Rustam Mirzaev. Loyihaning asosiy rahbarlari Firdavs Abduxoliqov hamda Aziz Toshpo`latov, Bosh koordinator va maslahatchi Ravshan Sultonxodjaev, badiiy rahbar Irina Sayfutdinova.

Aytish joizki, “O`zbekkino” Milliy agentligi va Toshkent shahar IIBB ilk bor hamkorlik kinomahsulotini tayyorlamoqda va bu loyiha tomoshabinlarga aynan shunisi bilan ham manzur bo`lishi kutilmoqda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar