1

Rossiyada Mi-8 harbiy vertolyoti halokatga uchradi

Dunyo 09.02.2016, 12:06
Rossiyada Mi-8 harbiy vertolyoti halokatga uchradi

Mi-8 harbiy vertolyoti sodir bo`lgan texnik nosozlik tufayli Pskov viloyatiga qo`nishga majbur bo`ldi, oqibatda 4 kishi halok bo`ldi, deya xabar beradi BBC Rossiya Mudofaa ishlari matbuot xizmati boshqarmasi ma`lumotlariga tayanib.

Qidiruv-qutqaruv xizmatining ma`lumotiga ko`ra, Mi-8 harbiy vertolyoti qo`nayotganda halokatga uchrab, uning bortida bo`lgan — ekipaj tarkibidagi 3 uchuvchi va 1 texnik-yo`riqchi halok bo`lgan. Bu vertolyot Pskov viloyatidagi “Ostrov” aerodromidan uchib, rejadagi o`quv-sinov mashg`ulotlarini o`tkazayotgan edi. Moskva vaqti bilan soat 19:21 da ekipaj bilan aloqa uzilgan. Halokat sodir bo`lgan joy o`rab olinib, FVV xodimlari qutqaruv va voqeani o`rganish uchun Rossiya Mudofaa ishlari komissiyasi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1