2021 yil 4 fevral kuni To`raqo`rg`on tumanida yashovchi ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, murojaat qilgan ayol 2 fevral kuni To`raqo`rg`on tumanida joylashgan “Xo`jand” dehqon bozorida bozor qilib yurgan vaqtida noma`lum shaxs, egnidagi jemperining chap cho`ntagida bo`lgan jami 1.950.000 so`m pullarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilib, unga nisbatan chora ko`rishni so`ragan.
To`raqo`rg`on tumani IIB JQB tezkor vakillari va HPB TP profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni To`raqo`rg`on tumanida yashovchi 1959 yilda tug`ilgan ayol kishi sodir etganligi aniqlanib undan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo`yichatuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






