AsosiyJamiyat

Yozyovon tumanida “Espero” avtomashina haydovchisi urib yuborgan piyoda hodisa joyida vafot etdi

'Yozyovon tumanida “Espero” avtomashina haydovchisi urib yuborgan piyoda hodisa joyida vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 5 fevral kuni fuqaro Sh.Z. “Espero” avtomashinasini Yozyovon tumani Guliston MFY hududida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o`tayotgan E.O.ni urib yuborishi oqibatida, E.O. tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

“Hurmatli haydovchilar!

Yo`l harakati qoidalariga amal qiling.Yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o`zingiz va boshqalar sog`lig`iga shikast etkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang”,–deyiladi IIB axborotida. 

Boshqa yangiliklar