2021 yil 6 fevral` kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida “Zovur” dan jasad topildi" sarlavhali habar tarqaldi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
“2021 yil 6 fevral` kuni Yakkabog` tumani IIBga kelib tushgan habarga ko`ra "Cho`mich" MFY ichki tomonidan oqib o`tuvchi zovurdan Yakkabog` tumanida yashovchi fuqaro J.S.ning jasadi topilgan. Voqea joyiga tergov tezkor guruhi chiqarilgan hamda hozirgi vaqtda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etamiz”,– deyiladi IIB axborotida.